

Xonda va El-Shaaravi bugun ajoyib o'yinni o'tkazishdi. Torres katta ko'lamdagi ishni bajardi. El-Shaaravi uni almashtirganimda etiroz bildirdi. Bu tabiiy holat. Chunki u gol urishni xohlagandi. U biroz o'zini bosib olishi lozim. Hali juda ko'p gollar uradi. El-Shaaravi Xondaga juda chiroyli golli uzatmani amalga oshirdi. Xonda meni quvontirmoqda. Biz o'ynayotgan 4-3-3 sxemada aynan Xondani ko'rishni istagandim. U o'z ishini qoyillatmoqda.



