FIFA yangi formatdagi Klublar o'rtasidagi jahon chempionati qur'asi uchun jamoalar qaysi savatdan o'rin olganini e'lon qildi

Administrator
3 dek 2024, 21:52
2025 yilning yozida biz yangi formatdagi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guvohi bo'lamiz.

FIFA 2025 yilning 15 iyundan 13 ilyuga qadar davom etadigan turnir ishtirokchilarining qur'a uchun qaysi savatdan o'rin egallaganini ma'lum qildi. Qur'a 5 dekabr kuni Mayami shahrida o'tkaziladi.


Birinchi savat: Manchester Siti (Angliya), Real Madrid (Ispaniya), Bavariya (Germaniya), Pari Sen-Jermen (Fransiya), Flamengo (Braziliya), Palmeyras (Braziliya), River Pleyt (Argentina), Fluminense (Braziliya).

Ikkinchi savat: Chelsi (Angliya), Borussiya Dortmund (Germaniya), Inter (Italiya), Portu (Portugaliya), Atletiko (Ispaniya), Benfika (Portugaliya), Yuventus (Italiya), Red Bull Zalcburg (Avstriya).

Uchinchi savat: Al Hilol (Saudiya Arabistoni), Ulsan (Janubiy Koreya), Al Ahli (Misr), Vihdad (Marokash), Monterrey (Meksika), Leon (Meksika), Boka Xuniors (Argentina), Botafogo (Braziliya).

To'rtinchi savat: Urava Red Daymonds (Yaponiya), Al Ayn (BAA), Esperans (Tunis), Mamelodi Sandaunz (JAR), Pachuka (Meksika), Sietl Saunders (AQSH), Oklend Siti (Yangi Zelandiya), Inter Mayami (AQSH).


AdministratorMuallif
Manba: FIFA.com