FIFA vakili: "Chempionatlarni to'xtatish koronavirusning ikkinchi to'lqinini qaytarishga yordam beradi"

Mirjalol Normatov
28 apr 2020, 22:12
FIFA tibbiy qo'mitasi vakili Mishel D’Xogening aytishiga ko'ra, agarda mavsum davom ettirilmasa, bu ham foydali tomonga xizmat qilar ekan.

"Barchamiz hukumatning qarorlari bilan yashayapmiz. Bu oddiy holat. Futbol bugungi kunda birinchi o'rinda emas. Bunday holatda biz koronavirusning ikkinchi to'lqinini qaytarishni o'ylashimiz kerak. Birorta olim buni rad etmayapti. Futbolni to'xtatishdan maqsad ham shu aslida", - dedi Mishel D’Xoge.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 3 milliondan oshib ketgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph