"FIFA TV" O'zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoni bilan o'yin oldidan mashg'ulotlarini tasvirga olmoqda

Alisher
11 noya 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoni bilan o'yin oldidan mashg'ulotlarini “FIFA TV”ning ijodiy guruhi tasvirga olmoqda.

Uchrashuv yakunlangach ushbu mavzudagi “Road to Qatar 2022” xujjatli filmi tayyorlanadi va efirga uzatiladi. Aytish joizki “FIFA TV” jahon chempionati saralash bahslari paytida guruhlarda potencial favorit jamoalar mehmoni bo'lib ana shunday filmlar tayyorlashadi. Bundan hulosa qilish mumkinki FIFA mutaxassislari O'zbekiston terma jamoasining saralash bahslaridagi imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz