FIFA The Best sovriniga nomzod darvozabonlar ro'yxatini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
22 dek 2022
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasmiy saytida The Best-2022 sovriniga nomzod bo'lgan darvozabonlar ro'yxatini e'lon qildi.

Sovrin uchun davogarlar orasida Alisson (“Liverpul”, Braziliya), Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash), Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya), Dominik Livakovich (“Dinamo Zagreb”, Xorvatiya), Mayk Menyan (“Milan”, Fransiya), Emiliano Martines ("Aston Villa", Argentina) va Manuel Noyer ("Bavariya", Germaniya) joy olgan.

G'olibni aniqlashda futbolchilarning 2021 yil 8 avgustdan 2022 yil 18 dekabrgacha bo'lgan davrdagi natijalari ko'rib chiqiladi.

Taqdirlash marosimi 2023 yilning 27 fevralida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, “Chelsi” va Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduard Mendi o'tgan mavsum “Yilning eng yaxshi darvozaboni” deb topilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com