FIFA The Best mukofoti tugatilmoqda: 2026 yildan yangi davr boshlanadi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2026
FIFA mashhur "The Best" mukofotini topshirish marosimini bundan buyon o'tkazmaslikka qaror qildi. Uning o'rnini tubdan yangilangan formatdagi marosim egallaydi.

Batafsil tafsilotlar:

Yangi hamkor: Yangi loyiha Dubay Sport Kengashi (Dubai Sports Council) bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Ma'lumot uchun, ushbu tashkilot mashhur "Globe Soccer Awards" mukofotining ham asosiy hamkori va tashkilotchisi hisoblanadi.

Muddat: Yangi formatdagi ilk taqdirlash marosimi 2026 yildan boshlab o'tkaziladi.

Maqsad: FIFA ushbu o'zgarish orqali taqdirlash marosimining global qamrovini kengaytirish va "Oltin to'p" (France Football) bilan raqobatda mukofot nufuzini yanada oshirishni ko'zlamoqda.

Tarix: "FIFA The Best" mukofoti 2016 yilda FIFA va "France Football" ("Oltin to'p") o'rtasidagi hamkorlik tugagandan so'ng tasis etilgan edi. Endilikda bu brend tarixga aylanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru