FIFA sohil futboli va futzalni Olimpiada dasturiga kiritishni taklif qiladi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024, 19:05
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tez orada XOQdan 2028 yilda Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlari dasturiga ikkita yangi sport turini kiritishni so'raydi.

Tegishli ma'lumotlar futbol tashkilotining 2027 yilgacha bo'lgan strategik maqsadlarini belgilab beruvchi hujjatda o'z aksini topgan.

"Globo Esporte" xabariga ko'ra, FIFA sohil futboli va futzalni Olimpiada o'yinlari doirasida alohida futbol dasturi sifatida tan olishga intiladi. Tez orada FIFAning Cyurixdagi so'nggi yig'ilishidan olingan hujjat Xalqaro olimpiya qo'mitasiga taqdim etiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte