

Eslatib o'tamiz, bu galgi g'olib 2022 yil 19 dekabr - 2023 yil 20 avgust oralig'idagi gollar ichidan aniqlanadi.
G'olib nomi 2024 yil 15 yanvar kuni Londonda o'tadigan tadbirda e'lon qilinadi.
Sovrin uchun Xulio Ensiso ("Brayton" - "Manchester Siti", 2023 yil 24 may), Gilerme Madruga ("Novorizontino" - "Botafogo SP", 2023 yil 28 iyun) va Nunu Santush ("Sporting" - "Boavishta", 2023 yil 12 mart) kurashadi.
Barcha gollarni FIFA rasmiy saytida tomosha qilish mumkin.



