FIFA prezidenti "Lokomotiv"ga xat yubordi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2018, 16:04
FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentning "Lokomotiv" klubini O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgani bilan tabriklab, maktub yubordi.

Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:

"Toshkentning PFK "Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritgani munosabati bilan o'z tabrigimni yo'llashdan benihoya mamnunman.

Mazkur chempionlikka o'z hissasini qo'shgan, katta hajmdagi mehnatni amalga oshirgan klubning barcha xodimlarini ham yuksak natija bilan tabriklab qolaman.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtingizda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan ko'plab islohotlar, chora-tadbirlar va say-harakatlar futbol jamoatchiligini xursand qilmoqda.

Mazkur islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
 
Janni Infantino, FIFA prezidenti".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz