FIFA "Oltin to'p"ga davogar so'nggi "uchtalik"ni rasman e'lon qildi

1 dek 2014, 21:41
FIFA rasmiy sayti "Oltin to'p" uchun kurashadigan so'nggi uchta futbolchi nomini rasman ma'lum qildi.

Unga ko'ra, so'nggi ruyxatdan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtiano Ronaldo va Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligiga erishgan darvozabon Manuel Noyer joy oldi.

G'olib nomi 2015 yil, 12 yanvar kunida Cyurixda bo'lib o'tadigan taqdirlash marosida ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi bu sovrinni to'rt marotaba, Krishtianu Ronaldu esa ikki marotaba qo'lga kiritgan. Darvozabonlardan bu sovringa faqatgina 1963 yilda Lev Yashin loyiq ko'rilgan.


Manba: fifa.com