FIFA kelishilgan o'yinlar sababli amaldorlarini futboldan chetlatdi

Aziz Tukhtamuradov
14 mar 2016
FIFA Janubiy Afrikalik futbol amaldorlari Lesli Sedibe, Stiv Goddard va Adil Karlselarni futboldan chetlatish haqidqa qaror chiqardi.

Ularning diskvalifikaciyasi JAR terma jamoasining 2010 yildagi kelishilgan o'yinlariga bog'liq.

FIFAning ma'lum qilishicha, terma jamoaning Tailand, Bolgariya, Kolumbiya va Daniya terma jamoalariga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik o'yinlari kelishilgan bo'lgan.

Sedibe 5 yilga chetlatildi va 20 ming shveytsariya franki miqdordagi jarimani to'laydi. Goddard va Karlselar ikki yil futbol sohasida ishlay olmaydilar. Qarorlar yaqin orada kuchga kiradi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fifa.com