

Hozircha ikki tomon muzokara olib bormoqda. Men javobi qanday bo'lishini kutmoqdaman. Ochig'ini aytaman, men Liverpulda ishlashni istayman. Rahbariyat kelishib olishiga ishonaman va men faoliyatimni Angliyada davom ettiraman, - dedi Slot.
Eslatib o'tamiz, ingliz jamoasi Slot uchun Feyenoordga 7,5 million funt tovon puli to'lashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilgandi. Biroq Niderlandiya jamoasi bosh murabbiyi uchun kamida 9 million olishlarini ma'lum qilgan.



