

"Avvalambor barchani g'alaba bilan tabriklayman. Shukr, mana g'alaba qozondik. Penalti tepish oldidan judayam hayajonlandim. Nasib qilsa, finalda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Barcha muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman.
O'yinga keladigan bo'lsak, Tailand terma jamoasi judayam yaxshi harakat qildi. Ular Osiyoning kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadilar", - deydi Feruz Fahriddinov.




