Feruza Turdiboeva: "O'z o'yinimizni namoyish eta oldik"

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2025
OK-2025 saralash bosqichi "S" guruhining 3-turi doirasida O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Kuvaytga qarshi bahs olib borishdi.

Bahs terma jamoamizning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahs yakunlanganidan so'ng futzalchimiz Feruza Turdiboeva o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Feruza chiroyli g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz. Terma jamoamiz bugun nima evaziga g'alaba qozondi?

- Barchani g'alaba bilan qutlayman. Birinchi o'yin har doim qiyin kechadi. Bugun esa osonroq bo'ldi va g'alaba qayd etdik. O'z o'yinimizni namoyish eta oldik. Murabbiylarimiz tahlil qilib chiqqan xatolarimizdan kerakli xulosalar chiqardik.




- Keyingi Avstraliya haqida nimalar deya olasiz?

- Avstraliyani ham o'rganib chiqamiz. Murabbiylarimiz kerakli ko'rsatmalarni berishadi. Kuvaytdan o'tib oldik endi navbat Avstraliyaga.

- Avstraliyani mag'lub etdik guruhda ulardan o'tib ketish biz uchun qanchalik katta ahamiyatga ega?

- Keyingi bahsda ham g'alaba qozonish juda muhim. Sababi biz Filippinga qarshi ochko yo'qotdik. Shu sabab qolgan uchta o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia