Ferran Torres ilk mashg'ulot kunidayoq koronavirus yuqtirib oldi

Mirjalol Normatov
4 yanv 2022
"Barselona" matbuot xizmati ikki futbolchining koronavirus yuqtirib olganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, yarim himoyachilar Ferran Torres va Pedrida virus aniqlangan. Qayd etish kerak, Ferran kecha yangi jamoasi bilan ilk mashg'ulotini o'tkazgandi.

Ayni damda ikki futbolchi ham o'zini yaxshi his qilmoqda va izolyaciyada saqlanmoqda.

"Barselona"ning navbatdagi bahsi 5 yanvar kuni Ispaniya Kubogi doirasida  "Linares Deportivo"ga qarshi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona