Ferran Torres ertaga "Barselona"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. U allaqachon Kataloniyaga kelgan

Оқил Абдубарноев
26 dek 2021
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torres "Barselona"ga o'tish arafasida turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi ertaga ertalab tibbiy ko'rikdan o'tadi va bitim to'lim amalga oshiriladi.

Torres allaqachon agentlari bilan Barselonaga uchib kelgan.

21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan bo'lib, transfer summasi bonuslar bilan birgalikda 65 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, Torres joriy mavsumda APLda 4 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano