Ferran "Real" bilan 4:0 haqida: "Faoliyatimdagi eng yaxshi kechalardan biri. "Barsa" o'shanda g'alabani qanday nishonlaganini ko'ring"

Alisher
30 dek 2022
Yarim himoyachi Ferran Torres "Barselona"ning "Real" ustidan qozongan g'alabasini esladi.

Kataloniyaliklar 2022 yilning 20 martida "Santyago Bernabeu"da 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Torres 47-daqiqada gol urdi va 51-daqiqada assist ijro etdi.

"Faoliyatimdagi eng yaxshi kechalardan biri. Qiyin vaziyatda "Bernabeu"da "Real" darvozasiga uchinchi golni urdim. Bu ajoyib o'yin bo'lgandi. Noyob epizod.

Bizning kiyim almashtirish xonasida qanday nishonlaganimizni ko'ring", – deydi ispan klub TVsiga bergan intervyusida.


AlisherMuallif
Manba: Marca