

Ma'lumotlarga ko'ra, klub u bilan yozda xayrlashishga tayyor bo'lsada, Torres jamoada qolishni xohlayapti. U jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanishni istamoqda.
"Barselona" Torres borasida bir qarorga kelgani yo'q, ammo klub rahbariyati futbolchini sotishi qiyin bo'ladi, chunki ular transferga sarflagan puldan kamroq mablag' taklif qiladiganlar bilan savda qilmoqchi emas.
Qishda Torresni "Atletiko" ijaraga olmoqchi edi, ammo Kataloniya klubi rad javobini berdi.



