

Braziliyalik yarim himoyachi "Siti"ning mavsumlar oralig'ida amalga oshirgan eng qimmat transferi bo'ldi. Bu futbolchi uchun manchesterliklar ukrain klubiga 40 million funt to'lashgan. Biroq futbolchining o'zi pul haqida uchuman o'ylamagan ekan.
"Agar menga faqatgina pul va zo'r sharoit kerak bo'lganida, unda men Ukrainada qolardim. Men Doneckda sakkiz yil yashadim va u yerda baxtiyor edim. Men u yerda olti sovringa ega chiqdim va jamoning muhim bir qismi ekanimni his qilardim".
"Biroq menda "Manchester Siti"dek klubda o'ynash va oson bo'lmagan vazifalarni bajarish imkoniyati paydo bo'ldi. Klub xo'jayinlari bizlar sovrinlarni qo'lga kiritishmizni istashyapti. Buni men ham xohlayman".
"Albatta, menga professional futbolchining maoshini berishadi. Biroq men pulga emas, muvoffaqiyatga o'chman", deydi Fernandino.



