Ferdinand: "Lingard"ning "Manchester Yunayted" haqida unutish vaqti keldi"

Alisher
23 fev 2021, 16:52
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Vest Xem"da ijara asosida o'ynayotgan Jessi Lingard haqida gapirdi.

"Lingardning "Manchester Yunayted" haqida unutadigan vaqti keldi deb o'ylayman. Hozir biz uning "Vest Xem"da o'ynayotganda quvonchli yuzini ko'rmoqdamiz.

Uning o'ziga bo'lgan ishonchi qaytdi va ko'zlarida uchqun paydo bo'ldi. Jessi bir zumda jamoaga qo'shildi. U "Yunayted"ga qaytishi kerak emas, Jessi u yerda ikkinchi rolda bo'ladi", - deydi Ferdinand.

28 yoshli vinger joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail