


"Biz Luis Enrikening ishini alohida takidlashimiz kerak. U Dembeleni superyulduzga aylantirdi. Usmon jamoa uchun Mbappedan ko'ra muhimroq bo'lib qoldi. Uning mahorati va mehnatkashligi hozir yangi bosqichga chiqdi. Agar u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, yoshlarga o'rnak bo'ladi", – dedi Ferdinand.
Dembele kecha "Real" bilan Klublar o'rtasidagi JCH yarim finalida gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Parijliklar "qirollik klubi"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.



