Feliks: "Ronaldu – bu Ronaldu. Men esa o'zligimcha bo'lmoqchiman"

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2019, 00:00
Portugaliya terma jamoasi hamda Atletiko hujumchisi Joao Feliks yangi klubidagi tanishtiruv marosimida Yuventus a'zosi Krishtianu Ronalduga o'xshamasligini aytdi.

Krishtianu – ajoyib o'yinchi, dunyoning eng yaxshisi va balki, futbol tarixida ham eng yaxshidir. Terma jamoada birga bo'lganimizda u menga Madrid haqida ko'p narsalarni aytib bergandi. Men bu erga yangi tarix yaratish uchun keldim. U bilan taqqoslashlari esa to'g'ri emas. Krishtianu – bu Krishtianu. Men esa o'zligimcha bo'lmoqchiman, – deydi yoshli Feliks.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca