

Portugaliyalik hujumchining oyog'i raqib zarbasi sabab birinchi taymning so'nggida qayrilib ketdi, ikkinchi taymdagi birinchi daqiqadan so'ng esa Feliks o'zini almashtirishlarini so'radi va uning o'rniga Lukas Torreyra tushirildi.
21 yoshli Feliks joriy mavsum Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Futbolchining "matraschilar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi 80 million evroga teng.




