Fati: "Menga chet eldan taklif bor edi, ammo xohishim "Barselona"da qolish bo'ldi"

Alisher
21 okt 2021, 17:16
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati chet el klublaridan taklif olganini aytdi, ammo futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

"Ha, menda chet el klublaridan taklif bor edi, ammo orzuim "Barselona"da o'ynash bo'lgan. Dastlabki kunlardan Jorje Mendeshga bosh maqsadim klubda qolish ekanligini aytganman. U buni tushungan. Klub menga ishonch bildirayotganidan mamnunman", - deydi Fati.

Fati 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

18 yoshli futbolchi yaqinda "Barselona" bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi, uning tovon puli 1 milliard evroga teng.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano