Farrux Ikromovning jarohati jiddiymi? Shuhrat Maqsudov javob berdi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2021, 23:10
Xabaringiz bor, joriy yilda o'zini ko'rsatayotgan "Bunyodkor" futbolchisi Farrux Ikromov Shvetsiya bilan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olib maydonni erta tark etdi.

Ayni paytda ushbu vaziyat ko'pchilik ishqibozlarni o'ylantirayotgani shubhasiz. "Bunyodkor" bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov "Neftchi" muxlislari bilan onlayn muloqot chog'ida Ikromovning holati haqida gapirdi. 

"Ming afsuski, Farrux Shvetsiya bilan uchrashuvda jarohat oldi. Kecha uni qaytadan MRT tekshiruvidan o'tkazdik. Mutaxassislar bilan suhbatlashdik. Jarohat uch tomonlama bo'lgan. Yon va ichki bog'lam ketgan. Jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kerak ekan. Hozirda qaysi mamlakatga yuborishni o'ylab turibmiz. Tez kunlarda shuni hal qilamiz. Afsus, endi formaga kirib, har bir o'yinda gol urib muxlislarni xursand qilayotgan paytda jarohat oldi. Bu futbolchimiz bizga yetishmaydi.  Futbolchining umri shunday. Farrux Ikromovni  tezroq safga qaytishini duo qilib turamiz", - deydi Shuhrat Maqsudov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia