Farruh Sayfiev diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev Turkmanistonga qarshi bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etganidan xabaringiz bor.

CAFA tartib-intizom qo'mitasi ushbu holat bo'yicha qaror qabul qildi. Unga ko'ra, futbolchi Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yinni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuborishi belgilandi.

Sayfiev CAFA Nations Cup turniri doirasidagi navbatdagi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати