Xayrulla Abdiev boshqaruvidagi jamoa bu yilgi turnirni ham g'alaba bilan boshladi. “S” guruhidan o'rin olgan “Obod” bugun elita vakili “Navbahor”ni mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng klub direktori Farhod Safarov bilan suhbatlashdik.
- Yodingizda bo'lsa o'tkan yili PFL Kubogida finalga qadar yetib borgandik –deya gap boshladi Safarov. – Maqsadimiz kamida shu natijani takrorlashdir. Bu yo'lda yigitlar astoydil xarakat qilmoqda.
- “Navbahor”ga qarshi kechgan o'yin haqida fikringiz qanday?
- O'yin yaxshi o'tdi. Futbolchilarimizda g'alaba uchun ishtiyoq yuqori ekanligini ko'rish mumkin edi. Futbolda bu juda muhimdir.
- Oliy liga vakili nimani evaziga mag'lub etildi?
- “Navbahor” ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Lekin bitta gol o'yin taqdirini hal qildi.
- Jamoangiz o'rin olgan guruh haqida nima deysiz?
- Bemalol ayta olamanki, “o'lim” guruhi! E'tibor bering bizning “S” guruhda oliy liga jamoalari o'rin olgan. “Navbahor”, “Sho'rtan”, “Lokomotiv” hamda “Obod”. Bu biz uchun ham qiziqarli bo'ladi.
- “Obod”ni yangi mavsumga ko'rayotgan tayyorgarligidan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Albatta. Hammasi rejadagidek ketmoqda. Munosib ravishda hozirlik ko'rishimiz uchun etarli sharoitlar yaratilgan. Umid qilamanki, chempionatga qadar yigitlar yanada o'sishga erishadi.
- Tarkibda ham o'zgarishlar qilinayotganini ko'ryapmiz...
- Ha, o'tgan yilgiga nisbatan bu yil tarkibni yanada kuchaytirib raqobatni oshirmoqchimiz. O'ylaymanki tarkibimizga birinchi liga toifasidagi mahoratli o'yinchilar qo'shilmoqda.
- Ko'pchilik muxlislar endilikda “Obod”ni oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri deya etirof etmoqda.
- Bundan xursandmiz. Munosib bahoni aynan ishqibozlar beradi.
- Aslida bu yil jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilmoqda?
- Har bir bahsda mazmunli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishga xarakat qilamiz. O'tgan yili debyut mavsum bo'lishiga qaramay, yigitlarimiz yaxshi natija ko'rsatgandi. O'ylaymanki bu yil undan-da yaxshiroq natijaga erishamiz. To'g'risi hozir avvalo PFL Kubogini yutishni o'ylayapmiz. Keyin chempionat haqida jiddiy bosh qotiramiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.