Farhod Nishonov: "Futbolda gol urmasang, 3 ochko qo'lga kirita olmaysan"

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2024
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Olimpik MobiUZ" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- "Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Bizga mahorat yetishmayapti. Ayrim vaziyatlarda to'pni qabul qilish va uzatmalarda xatoliklarga yo'l qo'yyapmiz. Yakunlovchi zarbalarda ham kamchiliklarimiz bor. Futbolda gol urmasang, 3 ochko bermaydi. Buni ustida ishlaymiz.

- Jamoangiz kubok uchrashuvlarida kuchli jamoalarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Pro liganing so'ngi turlarida bir oz qiynalayotgandek. Jismoniy holat bilan bog'liq muammo bormi?

- Yo'q, jismoniy holatimiz joyida. Tarkibda yo'qotishlar bor. Darvozabon va ikki nafar himoyachimiz bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. Kubok o'yinlarida optimal tarkibda edik.

- Jamoa zaxirasidan ko'nglingiz to'ladimi?

- Yo'q, zaxiramiz ko'ngildagidek emas. Biz o'zimiz istagan futbolchilarni ololmay qolganmiz. Hozir shu boisdan qiyinchiliklarga uchradik. Birinchi davradan so'ng jamoa tarkibini 70 foizga o'zgartiramiz. O'zgartirmasak, natija bo'lishi qiyin ekan. 

- Qizil kartochkaga munosabatingiz?

- Futbolchiga tanaffus vaqtida aytgandik, sariq kartochkasi bor bo'lgani uchun ehtiyotkor bo'lishini so'radik. Biroq u baribir ikkinchi kartochkani oldi va chetlatildi. Bu borada ishlaymiz.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia