Farhod Nishonov 0:6 haqida: "Bugun bizda hech narsa o'xshamadi"

Administrator
3 apr 2024
Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "Aral" - "Olimpik MobiUz" (6:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Takidlash joiz, bugungi mag'lubiyat murabbiylik faoliyatimdagi eng yomon natija. Bugun bizda hech narsa o'xshamadi. "Aral" jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoa "Mashal" bilan o'yinda yaxshi taasurot qoldirgandi. Bugungi o'yin aksi bo'ldi. Bunga qanday izox berasiz?

- Aytayapmanu, bugun bizda hech narsa o'xshamadi. Hujumda, himoyada, yakkakurashlarda, umuman barchasida boy berdik. Futbolchilar bilan jiddiy gaplashib olish zarur. Vaziyatni tahlil qilib chiqamiz.

- "Olimpik MobiUz" jamoasining maqsadi qanday?

- Maqsadni ulkan olganmiz. Terma jamoaga munosib nomzodlar etkazib berish, kelgusida olimpiya terma jamoamiz yig'inlarida asosiy o'zak futbolchidarni etkazib berish. Agar bugungi kabi o'ynsak, natija hech qachon kelmaydi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia