

Mazkur uchrashuv oldidan “burgutlar”ning iqtidorli o'yinchisi Farhod Bekmurotov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- “So'g'diyona” bilan o'yinga yaxshi tayyogarlik ko'rdik. Murabbiylarimiz puxta tayyorlashga urindi. Bahsning qanchalik ahamiyatli ekanligi barchaga ma'lum. O'zingizga yaxshi ma'lumki, safarda “Neftchi”ni mag'lub etib, so'ngra o'z uyimizda kutilmaganda “Buxoro”ga imkoniyatni boy bergandik. Shu bois bugungi bellashuvga astoydil hozirlik ko'rdik.
- Jizzaxliklarga qarshi qiyin va tomoshabop o'yin bo'ladi. Stadionga kelgan muxlislar zerikib qolmaydi. Raqib o'z uyida kuchli o'yin namoyish etadi. Nasib qilsa bugun ulardan mazmunliroq o'ynab, g'alaba qozonmoqchimiz.
- Ha, yaxshi eslayman o'tgan yili Jizzaxdan uch ochko bilan qaytgandik. Joriy mavsum ham ushbu yoqimli odimni davom ettiramiz degan umiddaman – deydi Bekmurotov.
“Andijon” matbuot xizmati



