

Mazkur seminarni o'tkazishdan asosiy maqsad texnik va fitnes-instruktorlarni 2017 yilgi mavsumga tayyorlashdan iborat bo'ldi. Seminar ham nazariy, ham amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oldi. Besh kun davom etgan o'quv-mashg'ulotlarida futbol qoidalaridani o'zgarishlarning yangi – 2017/18 yilgi nashri muhokama qilindi.

Oliy darajadagi seminarda FIFAning 52 nafar texnik hamda 25 nafar fitnes-instruktorlari qatnashdi. O'quv-mashg'ulotlarda, shuningdek, FIFA hakamlar qo'mitasi raisi – italiyalik sobiq hakam Perluiji Kollina va FIFA hakamlar departamenti direktori Massimo Buzaka ishtirok etdi.



