Farg'onada "Neftchi" U-21 o'yini echinish xonasidagi muammo tufayli o'tkazilmadi, "Bunyodkor"ga 3 ochko berildi

Sherzod Nurmatov
16 may 2023, 18:45
PFLning ogohlantirishlariga qaramay, "Neftchi" futbol jamoasi Qirgulidagi stadiondagi echinish xonalarini talab darajasiga keltirmagan.

Gap hakamlarning echinish xonasi haqida ketyapti. Bu haqda klub bir necha oy avval ogohlantirilgan. O'yinga yaqin ham masala hal qilinishi kerakligi haqida aytilgan. Ammo klub yuklatilgan vazifa bo'yicha ish qilmagan. 

Shu kungacha "Istiqlol" stadionida o'ynab kelayotgan jamoa u yerda sport tadbiri o'tkazilayotgani uchun uchrashuvni qabul qila olmasdi.

PFL inspektori harchand harakat qilmasin, "Istiqlol" stadionida o'yinni o'tkazishning iloji bo'lmagan. Ikki jamoa ham o'yinga shay bo'lgan.

U-21 Birinchiligi. "Neftchi" – "Bunyodkor" uchrashuvida mezbon jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia