Farg'ona. "Yoz - o'tmoqda soz" turniri davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2018
Farg'ona viloyati futbol associaciyasi hamda viloyat kasaba uyushmalari xamkorligida yozgi oromgohlarda dam olayotgan maktab o'quvchilari o'rtasida "Yoz - o'tmoqda soz" shiori ostida futbol mubosaqalari o'tkazilib kelinmoqda.

Xususan 14 iyul kuni Quvasoy shahridagi "Nihol" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida mana shunday futbol turniri tashkil etildi. Unda oromgohda xordiq olayotgan bolalardan iborat 6 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Uchrashuvlar olimpiya tizimida o'tkazildi. Final bahsida ikkinchi va beshinchi guruh yigitlari o'zaro raqobat olib borishdi. Bahsda 2-guruh futbolchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Turnirdan so'ng Farg'ona viloyati futbol associaciyasi birinchi-vice prezidenti Rasuljon Yuldashev va oromgoh rahbari Katya Karimovalar so'zga chiqib g'oliblarni tabriklashdi. Shundan so'ng O'zbekiston futbol associaciyasining farg'onalik bolalar uchun atalgan sovg'alari topshirildi. Samimiy ruhda kechgan turnirdan oromgoh bolalari bir olam quvonch olishdi

Hojiakbar Jabborov
Quvasoy shahridan maxsus


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia