Farg'ona viloyat birinchiligi: “Fidokor” markaziy o'yinda g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2017
Farg'ona viloyati Futbol federatsiya tomonidan tashkil etilgan viloyat birinchiligi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Har ikki guruhda 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

“A” guruhida o'tgan turda yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan “Cementchi” bu safar ham raqibiga yutqazib qo'ydi. Bundan esa quvasoyliklarning asosiy raqiblari unumli foydalanib qolishdi.

Aytgancha, “Toshloq” jamoasining g'alabali seriyasini takidlash joiz. Toshloqliklar muvaffaqiyatsiz startdan keyin qatorasiga uchta uchrashuvda g'alaba qozonishdi va sekin-asta turnir jadvalidagi ahvollarini yaxshilab borishmoqda.

“V” guruhining markaziy o'yini Beshariqda o'tkazildi. Guruh peshqadami “Beshariq” o'z maydonida asosiy taqibchilaridan biri – “Fidokor”ni qabul qildi. O'yinda omad “Fidokor” futbolchilariga kulib boqdi va marg'ilonliklar kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

Ibrohim Mamadiev boshchiligidagi “Qo'qon akademiya” jamoasi navbatdagi turda ham uch ochkoni qo'lga kiritdi. “Bag'dod” jamoasi mehmoni bo'lgan qo'qonliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mazkur g'alabadan keyin “Qo'qon akademiya” guruh peshqadamiga aylandi.

“A” guruhi

8-tur

“Toshloq” – “Neftchi-2001” – 2:1

“Neftchi SK” – “Neftchi-99” – 1:8

“Cementchi” – “FarDU” – 0:2

“Neftchi Farm Klub” – FOZK –  4:1

“Farovon” – “Quva” – 2:0

“Olimpik” dam oldi


8-turdan keyingi holat:

“Neftchi FK” (Farg'ona sh.)760121-718
“Farovon” (Marg'ilon)650118-715
“Cementchi” (Quvasoy)750216-1115
“Neftchi-99” (Farg'ona sh.)641117-813
“FarDU”  (Farg'ona sh.)741221-1413
“Toshloq” (Toshloq t.)630311-159
FOZK (Farg'ona sh.)621314-167
“Neftchi-2001” (Farg'ona sh.)62139-137
“Neftchi SK” (Farg'ona sh.)720513-236
“Quva” (Quva t.)600611-200
“Olimpik” (Farg'ona sh.)60065-160

 “V” guruhi

5 iyul

“O'zbekiston” – “Roshidon” – 2:1

“Furqat” – “Yozyovon” – -:+

8-tur

“Qo'qon yoshlar” – “O'zbekiston” – 0:0

“Furqat” – Iftixor” – -: +

“Bag'dod” – “Qo'qon akademiya” – 1:3

“Roshidon” – “Zafar” – 1:1

“Beshariq” – “Fidokor” – 0:1

“Yozyovon”  dam oldi.


8-turdan keyingi holat:

“Qo'qon akademiya”  (Qo'qon sh.)861126-1119
“Fidokor” (Marg'ilon)861120-719
“Beshariq” (Beshariq t.)951330-1116
“Iftixor” (Oltiariq t.)751122-916
“Bag'dod” (Bag'dod t.)941422-2513
“Qo'qon yoshlar” (Qo'qon sh.)731310-1110
“O'zbekiston” (O'zbekiston t.)823311-189
“Roshidon FK” (Rishton t.)722310-118
“Zafar” (Uchko'prik t.)713311-116
“Yozyovon” (Yozyovon t.)720512-316
“Furqat” (Furqat t.)80082-260

Abror DEHQONOV


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz