"Fanat Superliga". "Andijon" – "Bunyodkor" 1:3

Narzulla Saydullayev
1 apr 2020, 17:45
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "Andijon" – "Bunyodkor"

"O'yin" soat 17:45da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!      

1-savol: 2016 yil Oliy ligada gol urgan eng yoshi katta futbolchi kim bo'lgan? Javob: Anvar Berdiev (Raxim real   "Bunyodkor" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Tomas Xelveg qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Daniya (MMMReal  "Bunyodkor" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 1998 yilgi Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Takeshi Okada  (ILK  "Bunyodkor" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Kvinton Forchun qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: JAR (Rakuten "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Andijon" – "Bunyodkor" 1:3

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia