Falkao La Ligadagi ketma-ket uchinchi o'yinda gol urdi!

Alisher
27 sen 2021, 08:38
Radamel Falkao o'ziga qadrdon bo'lgan Ispaniya La Ligasida ajoyib o'yinlar ko'rsatishda davom etadi.

Kolumbiyalik to'purar "Rayo Valekano"ga chempionatdagi navbatdagi g'alabaga erishishga yordam berdi. Madrid atrofidagi jamoa ettinchi turda "Kadis"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Mezbonlarning gollaridan biriga "El Tigre" mualliflik qildi.

Bu Radamel Falkao uchun golli uchinchi o'yin bo'ldi. 35 yoshli hujumchi bundan oldin "Xetafe" va "Atletik" darvozalarini ishg'ol qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Rayo Valekano" tarkibiga 4 sentyabrda erkin agent sifatida o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia