Fayziev ketish haqida ariza yozdi yoxud "So'g'diyona"ni endi kim boshqaradi?

Narzulla Saydullayev
25 dek 2014
Davron Fayzievning "So'g'diyona"ni tark etishi haqida xabar bergandik.
Biroq keyin klub rasmiy sayti orqali murabbiy chiqish qilib, kelasi yil ham jamoa bilan birga bo'lishini takidlagandi.

Bugun olingan ma'lumotlarga ko'ra, Davron Oripovich haqiqatdan ham ishdan ketgan. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Fayzievning o'zi bilan bog'lanishga har qancha urinmaylik, baribir buni ustidan chiqa olmadik.

Qo'ng'iroqlarimiz javobsiz qolgach, Jizzax futbol federatsiyasi vice-prezidentiga murojaat qildik. 

"Bosh murabbiy Davron Fayziev bilan klub boshlig'i Baxtiyor G'ofurov kecha ishdan ketish haqida ariza yozgan. Lekin hozircha buni viloyat hokimi ko'rib chiqmoqda. Bilishimcha "So'g'diyona" ham kechadan yig'inni to'xtatgan. Navbatdagi bosh murabbiy kim bo'ladi? To'g'risi, hozir bu haqda aniq javob berishim qiyin. Ushbu masala 2-3 kunda oydinlashadi", - deydi Ergash O'rinov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia