Fahad Al Mirdasi O'zbekistonning qaysi o'yinlarida ishlagan?

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 16:00
Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvida saudiya arabistonilik Fahad Al Mirdasi ishlashi haqida xabar berdik.

1985 yilda tug'ilgan hakam 2011 yil xalqaro o'yinlarni boshqarishni boshlagan.

Mirdasi O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 chorak finali doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda bosh hakam bo'lgan. O'sha uchrashuvda koreyslar 2:0 hisobida zafar quchishgandi.

Bu hakam O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Bangladeshdagi saralash bahslari doirasidagi ikki uchrashuvida faoliyat olib bordi.

Bangladeshga qarshi uchrashuvda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoamiz 4:0 hisobida zafar quchishgan bo'lsa, Suriyaga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygandik.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia