

1985 yilda tug'ilgan hakam 2011 yil xalqaro o'yinlarni boshqarishni boshlagan. OFK ushbu hakamning brigadasini 2015 yilning eng yaxshi brigadasi deb topgan edi.
Mirdasi O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015 chorak finali doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda bosh hakam bo'lgan. O'sha uchrashuvda koreyslar 2:0 hisobida zafar quchishgandi.
Bu hakam O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Bangladeshdagi saralash bahslari doirasidagi ikki uchrashuvida faoliyat olib bordi. Bangladeshga qarshi uchrashuvda Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoamiz 4:0 hisobida zafar quchishgan bo'lsa, Suriyaga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygandik.
2016 yil boshida Qatar mamlakatida bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvida ham aynan shu Al Mirdasi ishlagandi. Vakillarimiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'yinda bosh hakam darvozamiz tomon shubhali penalti belgilagan edi.
TAS-IX emas



