Fabregas: “PSJ futbolchilarining o'y-xayoli YCHL bilan band edi, biz esa bundan foydalandik”

Aslanov Jasurbek
21 noya 2020
“Monako” yarim himoyachisi Sesk Fabregas PSJga qarshi o'yindan so'ng (3:2) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Agar biz gol uradigan bo'lsa, o'yinning PSJ jarima maydoni tarafga ko'chirishga tanaffus vaqtida umid qilgandik. PSJni seshanba kuni “Leyptsig”ga qarshi og'ir o'yin kutib turganini bilardik va o'yinning ikkinchi qismi tajovuzkorroq bo'lishini kutgandik. Bunday bahslarda o'ynay olishimni bilaman. Boisi menda tajriba bor, o'z sifatlarimni bilaman, xotirjmman va juda ko'p ishlayapman. Agar imkoniyat tug'ilsa, bugungi qilgan ishimni qaytara olaman. PSJga hozir qiyin. Klubning ko'plab futbolchilari terma jamoadan juda kech qaytdi. Oldinda esa YCHL. Agar ular seshanba kuni yutqazadigan bo'lsa, pley-offga chiqishga juda qiynaladi. Balki, PSJ futbolchilarining o'y-xayoli YCHL bilan band bo'lgandir, biz esa bundan foydalandik”, - deydi Fabregas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe