

Konferenciya davomida Kapello shved futbolchisidan kelajakda yaxshi murabbiy chiqishi mumkinligini aytdi. Mutaxassis Zlatanni dunyodagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri Aleks Fergyusonga qiyosladi.
"Zlatan Fergyusonning yo'lidan borishi mumkin. Ular juda o'xshash. Ochig'ini aytganda, ser Aleks Manchester Yunaytedni boshqarmadi, balki jamoada qolgan hamma narsani hal qildi. Nega Ibrahimovich ham shunday qila olmaydi? U futbolni va o'yinchilarni qanday qilib sozlashni juda yaxshi tushunadi, - dedi Kapello.



