Fabio Kapello: "De Rossining o'rnida bo'lganimda "Manchester Yunayted"ga o'tib ketgan bo'lardim

Narzulla Saydullayev
24 sen 2013
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, "Roma" yarim himoyachisi Daniel de Rossi o'zini "Manchester Yunayted"da sinab ko'rsa bo'lardi.
"De Rossining o'rnida bo'lganimda o'z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo'ygan klubda to'p surish uchun "Manchester Yunayted"da o'zimni sinab ko'rgan bo'lardim. Bir necha oy ilgari Devid Moyes Danielning o'yini borasida mening fikrim bilan qiziqqandi. Albatta mening bu boradagi fikrim ijobiy edi".

"Manchester derbisida, menimcha, "Siti" raqibdan kuchliroq o'yin namoyish edi. "MYU"ning yozgi transfer mavsumidagi amalga oshirgan ishi meni qoniqtirmadi. Ular yomon futbolchilar sotib olishmadi. Biroq harid qilinganlar top futbolchilar emas", dedi Kapello.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru