Fabio Kannavaro Xitoyning "Tyanczin Sunczyan" klubi ustoziga aylandi

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2016
Xitoyning "Tyanczin Sunczyan" klubi Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Klub va mutaxassis o'rtasidagi kelishuv 2 yilga mo'ljallangan.

Oldinroq ushbu jamoani braziliyalik murabbiy Vanderley Lushemburgo tark etgan edi. "Tyanczin Sunczyan" Xitoyning birinchi ligasida ishtirok etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com