"Eyr Fors" klubi o'z o'yinchilari tomoshabinlar hujumiga uchragach, Iroq chempionatini tark etmoqchi

Оқил Абдубарноев
2 apr 2024, 23:50
Iroqning yetakchi klubi "Eyr Fors" futbolchilari "Daxuk"ga qarshi bahsda tomoshabinlar hujumiga uchradi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga qo'shib berilgan daqiqalarda ayrim muxlislar yashil maydonga bostirib kirishib, futbolchilar bilan janjallashib ketishdi. Vaziyatga xavfsizlik xodimlari aralashdi.

Bellashuvdan so'ng klub rahbariyati bundan ochiqchasiga noroziligini bildirib, chempionatni tark etish bilan tahdid qildi. 

VIDEOLARNI TOMOSHA QILISH

Eslatib o'tamiz, "Eyr Fors" joriy mavsum Osiyo Chempionlar ligasida O'zbekistonning OKMK klubi bilan bir guruhdan joy olgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Жазира