Yevropaning boshqa jamoasiga o'tolmagan Osimxen "Napoli"ga ultimatum qo'ydi

Khoja
31 avg 2024
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen olti oy o'yin amaliyotisiz qolib ketishi mumkin.

"Chelsi" bilan kechgan omadsiz transferdan so'ng Viktor faoliyatini Saudiyada davom ettirishga qaror qilgan. 

Agar "Napoli" hujumchini sotishni istamasa, nigeriyalik hujumchi italiyaliklar safida maydonga tushmasligini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli nigeriyalik 2020 yildan beri "Napoli"da o'ynyadi. U jamoa safida 133ta o'yinda maydonga tushib, 76ta gol va 18ta assist qayd etdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com