Yevropaning bir yo'la besh grandi Yozua Kimmix uchun da'vogarlik qilmoqda - jurnalist Plettenberg

Alisher
23 iyun 2024, 21:20
"Bavariya"ning 29 yoshli futbolchisi Yozua Kimmixga Yevropaning bir yo'la besh grandi qiziqish bildirmoqda.

Gap "Real", "Manchester Siti", "Arsenal", "Liverpul" va "Barselona" haqida ketmoqda.

Hozirda Kimmixning agenti yo'q, shu sabab nemis futbolchisi uchun da'vogarlik qilayotgan klublar to'g'ridan-to'g'ri "Bavariya" bilan muzokaralar olib borishi kerak.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 11ta assist qayd etdi. Xavbekning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal