Yevropa ligasida tur futbolchisi aniqlandi

Оқил Абдубарноев
16 sen 2022
Payshanba kuni Yevropa ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Muxlislar ushbu turning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi.

"Frayburg" hujumchisi Mixael Gregorich o'tkazilgan so'rovnomada eng ko'p ovoz to'pladi. U “Olimpiakos” darvozasiga ikkita gol urdi. Germaniya klubi greklarni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Mityulland" futbolchisi Evander, "Union"dan Teddi Teuma va "Feyenoord"dan Alirizo Jahonbaxsh ham kun futbolchisi bo'lishga davogarlik qilishdi.

28 yoshli Gregorich o'tgan yozda "Shalke"dan "Frayburg"ga erkin agent sifatida o'tgandi Joriy mavsumda u to'qqizta o'yinda beshta gol urdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uefa