Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
29 fev 2020
"Espanol" forvardi Xonatan Kaleri Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'lon qilindi.

Futbolchi Yevropa ligasining 1/16 finalida "Vulverxempton"ga (3:2) qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. Garchi jamoa g'alabaga erishgan bo'lsa ham, ilk o'yindagi 0:4 hisobidagi mag'lubiyat jamoaning navbatdagi bosqichga chiqishiga xalaqit qildi.

Kaleri ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 24 o'yinda 5 gol va 3 assistentlik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/EuropaLeague