Yevropa Ligasida hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar ma'lum qilindi

Alisher
7 may 2021
Kecha tunda Yevropa Ligasi yarim final javob o'yinlari bo'lib o'tdi.

Londonning "Arsenal" klubi o'z uyida Ispaniyaning "Vilyarreal" (0:0) jamoasini taslim eta olmadi, "Manchester Yunayted" esa "Roma" (2:3)ga mag'lub bo'ldi.

UEFA esa hafta o'yinchisi bo'lish uchun davogar futbolchilar nomini e'lon qildi. Muxlislar Edinson Kavani, Brayan Kristante, Raul Albiol va Pablo Maridan birini eng yaxshi deb topishadi.

Yevropa Ligasi finali "Vilyarreal" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'yin 26 may kuni Polshadagi Gdansk shahrida bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com