Asensio: "Biz Xabi Alonsoni 100 foiz qo'llab-quvvatlaymiz"

Sherzod Nurmatov
11 dek 2025
"Real" himoyachisi Raul Asensio Chempionlar Ligasining 6-turida "Manchester Siti"ga imkoniyat boy berilganidan so'ng (1:2) bosh murabbiy Xabi Alonsoni qo'llab-quvvatladi.

"Biz murabbiyimizni 100 foiz qo'llab-quvvatlaymiz. Uning kiyinish xonasida aytganlarini tushunamiz. Vaziyat g'ayrioddiy va futbolchilar o'z munosabatlarini o'zgartirishlari kerak edi. Va bugun biz bu o'zgarishni ko'rdik", – dedi Asensio.

"Real" 12 ochko to'pladi va Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida ettinchi o'rinda bormoqda. Madrid jamoasi La Ligada peshqadam "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolib, ikkinchi pog'onada ketmoqda.

Avvalroq Alonsoning o'rniga "Real"ni boshqarish uchun asosiy nomzod ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Managing Madrid